Respublikamizda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Nukus tumanida ham muhim ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 95V149 “D233 avtomobil yo‘li (20-km.dan) – Qrantog‘ ovuli” yo‘lining 0–1-kilometr oralig‘ida paydo chuqurchalar yo‘l frezasi yordamida kesib olinib, yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.