Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi «2025 — 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-454-sonli qarorining ijrosini ta’minlash yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, D234 (4R176) «Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining Nukus shahri hududidan o‘tgan 0—14.3-km oralig‘ida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Ayni paytda avtomobil yo‘lining 6—7-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Rekonstruksiya ishlari Qipchoq Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib, bu ishlarga jami 10 ta maxsus texnikalar va 15 dan ortiq ishchilar jalb qilingan.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati