Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Jumladan, D231 “Qo‘ng‘irot–Mo‘ynoq” avtomobil yo‘lining 2–3 kilometr oralig‘ida yangi qavariq piyodalar o‘tish yo‘li chizildi. Ushbu ishlar “Qo‘ng‘irot Yo‘llardan muntazam foydalanish” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi. Mazkur qavariq piyodalar o‘tish yo‘lining joriy etilishi, avvalo, ushbu hududda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Qavariq piyodalar yo‘llari haydovchilarni avtomatik tarzda tezlikni kamaytirishga undaydi. Bu esa, ayniqsa, maktab, bozor, mahalla markazlari yoki boshqa gavjum nuqtalarga yaqin joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati