background

⚡️Qonliko‘l tumanida “Drayver” loyihasi doirasida yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Admin 17-May-2025

⚡️Qonliko‘l tumanida “Drayver” loyihasi doirasida yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Zarbdor» tajribasi asosida shakllantirilgan «Drayver» loyihalarni amalga oshirish dasturi qabul qilingan edi.

Dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan Qonliko‘l tumani “Qanliko‘l” ShFY hududidagi “Mustaqillik” ko‘chasining 800 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida “Botirbek Habibullayev” MChJ tomonidan olib borilib, bu ishlarga jami 10 ta maxsus texnikalar 14 ta ishchi-xodimlar jalb qilingan.

Skip to content