Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha bir qancha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, D234 “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 22–47-kilometr oralig‘ida yo‘l chiziqlari yangidan chizildi.
Mazkur yo‘l Nukus shahrini Respublikaning shimoliy tumanlari bilan bog‘lab turadi. Har kuni minglab avtomobillar qatnaydigan bu yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Shu bois yotiq yo‘l chiziqlarining yangilanishi – haydovchilar uchun ko‘rinuvchanlikni oshirish, yo‘nalishni aniqlashtirish va tartibli harakatni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Ushbu ishlar davlatimiz tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga, fuqarolar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishga bo‘lgan e’tiborining amaliy ifodasidir.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati