So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va qayta qurish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar har bir hududda aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, iqtisodiy faollikni oshirish hamda xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlashga qaratilgan. Shu doirada, Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega 95V115B “Qo‘ng‘irot suv omboriga D231 avtomobil yo‘li (17 kmdan) ” avtomobil yo’lining 11–13-kilometr oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlar Qo’ng’irot TYFDM tomonidan amalga oshirilib, ta’mirlash ishlariga 10 ta maxsus texnika va 18 nafar ishchi-xodimlar jalb qilingan.
Qo‘ng‘irot tumanida olib borilayotgan yo‘lsozlik ishlari – davlatimiz tomonidan har bir fuqaro hayotini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning amaliy ifodasidir. Mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarning ta’mirlanishi oddiy aholi uchun ham, hudud iqtisodiyoti uchun ham beqiyos ahamiyat kasb etadi.