background

⚡️Xotira abadiy, qadrlash muqaddas

Admin 09-May-2025

⚡️Xotira abadiy, qadrlash muqaddas

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov va boshqarma xodimlari yo‘l qurilishi sohasida ko‘p yillik faoliyati davomida o‘zining halol mehnati, fidoyiligi va sadoqati bilan hurmat qozongan marhum yo‘lchi Shavkat Davlatyorovning xonadoniga tashrif buyurdi. Marhum nomiga Qur’on tilovati o‘qilib, uning ruhiga duolar qilindi. Uzoq yillar davomida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilgan, butun umrini ushbu sohaga bag‘ishlagan insonning xotirasi chuqur hurmat bilan yodga olindi. Shuningdek, yo‘l sohasida faoliyat yuritgan faxriy yo‘lchilar holidan xabar olinib, ularni 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etdi. Faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning mehnat yo‘li yuksak baholandi va e’tirof etildi.

🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content