Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaatga (https://www.youtube.com/watch?v=FoMFqzLBW5I) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.
Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l Ellikqal’a tumani hududidan o‘tgan A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 614-615-km qismi hisoblanadi. Bugungi kunda Ellikqal’a YMFDM tomonidan avtomobil yo‘lining ushbu qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ellikqal’a YMFDM tomonidan hozirda 2450 m² yo‘l poyi qazib olinib, o‘rniga 1 metr qalinlikda qum, 30 sm qalinlikda 40-70 mm shag‘al yotqizildi. Qoplama ostki qismiga 15 sm qalinlikda 20-40 mm shag‘al yotqizilib, ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetib, keltirilgan noqulayliklar bartaraf qilinishini ma’lum qilamiz.
🏢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati