background

⚡️Mo‘ynoqda piyodalar xavfsizligi yo‘lida navbatdagi amaliy qadam

Admin 08-May-2025

⚡️Mo‘ynoqda piyodalar xavfsizligi yo‘lida navbatdagi amaliy qadam

Bugungi kunda yurtimizda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bilan bir qatorda, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlashga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, aholi gavjum bo‘lgan hududlarda piyodalar yo‘laklarini qurish orqali yurtdoshlarimizga yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish dolzarb vazifaga aylangan.

Shu maqsadda, Mo‘ynoq tumani hududidan o‘tgan 95V148 (4N110) “Mo‘ynoq shahri – Orolbo‘yi pristani” avtomobil yo‘lining 0–5-kilometr oralig‘ida piyodalar yo‘lagi qurilishi boshlandi. Bu ishlar Mo‘ynoq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur piyodalar yo‘lagi qurilishi aholining kundalik harakatlanish xavfsizligini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Mo‘ynoq shahri va Orolbo‘yi pristani oralig‘i – transport harakati nisbatan zich bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu yerda piyodalar, ayniqsa bolalar, qariyalar va velosipedchilar ko‘p harakatlanadi.

Piyodalar yo‘lagi qurilishi orqali:
• Piyodalar uchun avtomobillardan alohida, xavfsiz harakat yo‘lagi yaratiladi;
• Yo‘l-transport hodisalari xavfi sezilarli darajada kamayadi;
• Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham erkin harakatlanish imkoniyati yaratiladi.

Mo‘ynoqda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha – davlatimiz tomonidan har bir fuqaroga qulay, xavfsiz va zamonaviy hayot sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy namunasi hisoblanadi. Nafaqat yirik magistrallar, balki piyodalar yo‘laklarining barpo etilishi ham jamiyatimiz taraqqiyoti, inson salomatligi va xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega.