background

«Bestөbe»ga olib boruvchi avtomobil yo‘liga asfalt yotqizilmoqda

Admin 02-May-2025

«Bestөbe»ga olib boruvchi avtomobil yo‘liga asfalt yotqizilmoqda

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Zarbdor» tajribasi asosida shakllantirilgan «Drayver» loyihalarni amalga oshirish dasturi qabul qilingan edi.

Dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan 95V027 (4K40) «A380 avtomobil yo‘li (749 km.dan) – Nukus parrandachilik fabrikasi» avtomobil yo‘lining 4 km qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur avtomobil yo‘li Nukus shahridan «Bestөbe» MFY hududiga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri bo‘lib, yo‘lning qolgan qismlarida ham belgilangan dasturga asosan ta’mirlash ishlari olib boriladi.