background

⚡️ Nukus shahrida yo‘llarni yangilash ishlari yuzasidan press-tur tashkil etildi

Admin 20-Iyul-2026

⚡️ Nukus shahrida yo‘llarni yangilash ishlari yuzasidan press-tur tashkil etildi

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori asosida Nukus shahridagi “Ishbilarmonlar” MFY hududida umumiy uzunligi 7,564 kilometr bo‘lgan ko‘chalarga yangi asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar jarayoni bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirish maqsadida hududda press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat tashkiloti ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Daryoboy Begmanov ommaviy axborot vositalari vakillariga amalga oshirilayotgan ishlar, loyiha doirasidagi vazifalar hamda yo‘llarni yangilashdan ko‘zlangan maqsadlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla ko‘chalarining holatini yaxshilash, aholi va transport vositalari uchun qulay sharoit yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Skip to content