background

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi

Admin 30-Aprel-2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida avtomobil yo‘llari qurilishiga oid davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi. «Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi» davlat muassasasi direksiyasi boshlig‘i D.Isaev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov qurilish obyektlari bilan tanishtirib, ma’lumotlar berdi.

Dastlab, Taxiatosh tumanida “Oydin yo‘l”, “Do‘stlik” “Obod makon” MFY fuqarolari bilan uchrashib, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida ta’mirlanadigan avtomobil yo‘lining smeta-loyihalari bilan tanishdi. Qurilish sifati shaharsozlik talablari asosida amalga oshirilishi, qurilishda sifat ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratish hamda obyektni o‘z muddatida foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

So‘ngra, A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 698-723-km qismidagi olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi, mazkur obyektda qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida, tasdiqlangan smeta doirasida sifatli bajarilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 673-698-km qismida jami 25 km avtomobil yo‘lini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish obyekti qurilishi bilan tanishib, ushbu obyektlarning loyihasi, harakat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etdi.

Bundan tashqari, Nukus shahri hududidan o‘tgan D234 (4R176) “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 0-14.3-km qismidagi rekonstruksiya ishlari bilan ham tanishib, obyektda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Skip to content