Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumani hududini bog‘lovchi D231 (4R173) «Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq» avtomobil yo‘lining 31—34-km oralig‘idagi yo‘llarda paydo bo‘lgan nuqsonlar freza yordamida kesib olinib, yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlariga jami 10 ta maxsus texnikalar, 25 nafar ishchi-xodimlar jalb qilingan.