
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qanliko‘l tumanida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Qanliko‘l tumani hududidagi 95V054J “Bo‘ston” OFY markaziga (A380 avtomobil yo‘lining 825-kilometridan) olib boruvchi avtomobil yo‘lining 0–2,8-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar Qanliko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilmoqda.