
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Arxitektura fakulteti, Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi, Yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda yo‘l sohasi faoliyatiga oid savollari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning yo‘l muhandisligi sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi kasbiy istiqbollar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim olishga, sohaga qiziqishini yanada oshirishga va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.