
Beruniy tumani hududidan o‘tgan 95V017 “A380 avtomobil yo‘li (636 km.dan) – Ko‘kko‘z pristani – Beshmergan ovuli” avtomobil yo‘lining 5–8-kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘lning jami 2,7 kilometr qismiga asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda yo‘lga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, ushbu yo‘l qismida transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.