
Nukus shahri yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat ishtirokchilari uchun yana-da qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, avtomobil yo‘llaridagi yo‘l yotiq chiziqlarini yangilash va qayta chizish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar yo‘l harakati ishtirokchilariga yo‘l belgilari va chiziqlarini yana-da aniq ko‘rish, harakatlanish qoidalariga rioya qilish hamda yo‘llarda xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiladi.