
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan bir guruh fidoyi va faol xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan:
Sabirov Tolibay — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi inson resurslari bo‘yicha inspektori;
Bo‘kelekov Jaksimurat — Nukus tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bosh muhandisi;
Rahmonova Umida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi bosh yuristi.
Fidoyi xodimlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.