
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mo‘ynoq tumanida avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tuman hududidan o‘tuvchi 95V124 “Shag‘irli–Porlitog‘” avtomobil yo‘lining 15–24-kilometr oralig‘ida asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash hamda mahallalarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.