

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda xodimlarning xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.