
Ijtimoiy tarmoqlarda A-380 avtomobil yo‘lining 623–632-kilometrlari oralig‘ida yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan nuqsonlar bo‘yicha murojaat tarqaldi.
Mazkur yo‘l qismi Beruniy tumani hududidan o‘tadi. Hozirgi kunda A-380 avtomobil yo‘lining 623-kilometrida yo‘l qoplamasidagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yo‘lning ushbu qismidagi mavjud nuqsonlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.