Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumani hududini bog‘lovchi D231 (4R173) «Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq» avtomobil yo‘lining 6—7-km oralig‘idagi yo‘llarda paydo bo‘lgan nuqsonlar freza yordamida kesib olinib, yangidan asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlariga jami 7 ta maxsus texnikalar, 10 nafar ishchi-xodimlar jalb qilingan.