
Hozirgi anomal issiq ob-havo sharoiti munosabati bilan Nukus shahrida yashil hududlarni saqlash va daraxtlarning qurib qolishining oldini olish maqsadida zarur choralar ko’rilmoqda.
Jumladan, shahar ko’chalarida maxsus suv sepuvchi avtomashinalar yordamida daraxtlar muntazam sug’orilmoqda. Mazkur ishlar yashil fondni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda jazirama ob-havo sharoitining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.