
Nukus tumani hududidan o‘tuvchi 95V130 “D234 avtomobil yo‘li (18-km) – Qutanko‘l MFY – Oqmang‘it OFY” avtomobil yo‘lining 1–2-kilometr oralig‘ida yangi asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mazkur yo‘lda amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari qatnov sifati va qulayligini oshirish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Qurilish-ta’mirlash ishlari Nukus tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan reja asosida olib borilmoqda.