background

Qo‘ng‘irot TYFDMda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Admin 15-May-2026

Qo‘ng‘irot TYFDMda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qo‘ng‘irot tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda muassasa yuristi O. Amangeldiyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi.

Tadbir davomida davlat xaridlarining asosiy maqsadi, xarid usullari, xarid komissiyasining vakolatlari, davlat xaridlarining asosiy prinsiplari hamda ushbu sohadagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida ham tushuntirishlar berildi.

Skip to content