background

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Admin 10-Iyun-2026

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://x.com/Matvafo24/status/2063522287303758149) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Mazkur murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Maʼlum qilamizki, Toʻrtkoʻl–Beruniy yoʻnalishidagi avtomobil yoʻlining holatini yaxshilash yuzasidan joriy yilda bosqichma-bosqich taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yoʻnalishda yoʻl qoplamasini yaxshilash ishlari davom ettiriladi hamda harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Skip to content