
Taxiatosh tumani «Taxiatosh» MFY hududidagi Ernesto va Xiva ko‘chalarining 1 kilometr 470 metr qismida yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratildi. Shuningdek, yo‘l sifati yaxshilanib, mahalla aholisining kundalik qatnoviga qo‘shimcha qulayliklar ta’minlandi.
Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sifatini oshirish hamda zamonaviy va qulay yo‘l tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.