background

⚡️Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borildi

Admin 25-May-2026

⚡️Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borildi

Bugungi kunda respublikamiz hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga yanada qulay va xavfsiz harakat sharoitini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro ahamiyatga ega A380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” avtomobil yo‘lining 795–806-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ushbu ishlar Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan bajarildi.

Albatta, bu kabi bunyodkorlik ishlari xalqimizning farovonligini oshirish, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish hamda fuqarolar uchun yanada qulay hayot sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Skip to content