
Xo‘jayli tumani yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti tomonidan «Parvoz» mahallasida kundalik ta’mirlash ishlari hisobidan qora qoplama (asfalt) yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar temir yo‘l vokzaligacha bo‘lgan qismlarida qoplamada paydo bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish bilan davom ettiriladi.