Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i U.Matnazarov, Bosh boshqarmaning bo‘lim boshliqlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab sohada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘i U.Matnazarov tomonidan keng to‘xtalib o‘tildi. So‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ma’lumotlar oldi.