
Bugun, 2-may kuni Nukus shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash, shuningdek, shahar hududlarini yanada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida barcha ko‘chalar, xiyobonlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tozalash, tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur hasharda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Unda xodimlar tomonidan boshqarma binosi atrofi tartibga keltirilib, hudud tozalandi, ariqlar chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil yoʻllari boʻylari ham tozalanib, bordyurlarni bo‘yash va oqlash ishlari bajarilmoqda.