
D240 (4R190) “Mustaqillik maydoni – Xalqlar do‘stligi ko‘chasi orqali – Nukus xalqaro aeroporti” avtomobil yo‘lida Nukus shahriga kelgan mehmonlar va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi axborot yo‘l belgilari (yo‘naltiruvchi panolar) o‘rnatildi.
Ushbu panolar yo‘l harakati ishtirokchilariga yo‘nalishlarni oson aniqlashda yordam beradi hamda manzilga tez va bexato yetib borishga xizmat qiladi.