Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi 454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz hududida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Qaror asosida bugungi kunda A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 698-723-km oralig‘ining 720-723-km qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilib, qolgan qismlarida yo‘l asosini ishlash jarayoni davom etmoqda. Qurilish ishlarini yil yakuniga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi davlat ahamiyatiga ega D232 (4R174) «Nukus shahri-Xo‘jayli shahri» avtomobil yo‘lining 6-8-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilib, qolgan qismlari asfalt yotqizish ishlariga tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, qaror doirasida yana bir obyektda, ya’ni, D234 (4R176) «Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining Nukus shahri hududidan o‘tgan 0-14.3-km oralig‘ida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Hozirgi vaqtda avtomobil yo‘lining 5-6-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. ( https://t.me/joqargikenes/25555?single )