Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi Respublika ahamiyatiga ega D217 (4R160) «Urganch-Gurlan-Mang‘it-Turkmaniston Respublika chegarasi» avtomobil yo‘lining 71-72-km qismida yo‘lda paydo bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida yangidan asfal yotqizish ishlari olib borildi. Bu ishlar Amudaryo TYFDM ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.