background

🌸 8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Admin 06-Mart-2026

🌸 8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i Umrbek Matnazarov ochib berib, boshqarmada faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ularning sohada olib borayotgan samarali mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, jamiyatda ayollarga bo‘lgan e’tibor, ularning oiladagi va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida ham alohida ta’kidlab o‘tildi.

💐Tadbir yakunida boshqarma xotin-qizlariga bayram munosabati bilan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.

Skip to content