
Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda PQ-270-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Amudaryo, Ellikqal’a va To’rtko’l TYFDMda soha xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiyaning oldini olish, davlat tashkilotlari mas’uliyatini oshirish hamda xizmat vazifalarini halol va shaffof bajarish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Uzaqbergenov yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini yoritib, yo‘l xo‘jaligi tizimida ochiqlik va shaffoflik ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.