
Nukus tumanining «Samanbay» ovul fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun yana bir muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun hududdagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
Ushbu loyiha doirasida OPEK xalqaro jamg‘armasi tomonidan 8 milliard 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, jami 15 kilometr ichki yo‘llarni asfalt qilish rejalashtirilgan.
Ayni paytda qurilish ishlari «Adham Hamdam oil servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan yo‘l poyini tayyorlash, tekislash va zamonaviy asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida aholi hayotida transport harakati uchun qulay sharoit yaratiladi, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalariga borish osonlashadi, tez tibbiy yordam va boshqa xizmatlar harakati tezlashadi va shuningdek, hududning investitsiyaviy jozibadorligi va iqtisodiy faolligi oshadi.
Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholi turmush darajasini oshirish, qishloq hududlarini zamonaviy qiyofaga keltirish yo‘lidagi muhim qadamdir.