background

⚡️Jumurtov koniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida asfaltlash ishlari olib borilmoqda

Admin 21-Fevral-2026

⚡️Jumurtov koniga olib boruvchi avtomobil yo‘lida asfaltlash ishlari olib borilmoqda

📍 Amudaryo tumani hududidagi D217A “Jumurtov koni orqali — Amudaryoga” avtomobil yo‘lining 0–3,6- km qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

🚧Mazkur ishlar Amudaryo tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

✔️ Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, mazkur yo‘lda transport harakati yanada xavfsiz va qulay tashkil etiladi. Natijada tuman infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanadi, hududlararo bog‘liqlik mustahkamlanadi hamda aholining turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.

🔼 Mazkur loyiha hududni izchil rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Skip to content