background

⚡️Sobir Kamolov va G‘aressizlik ko‘chalari 24/7 faoliyat yuritadigan ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantiriladi

Admin 02-Fevral-2026

⚡️Sobir Kamolov va G‘aressizlik ko‘chalari 24/7 faoliyat yuritadigan ko‘ngilochar ko‘chalarga aylantiriladi

Nukus shahrida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash va transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sobir Kamolov ko‘chasida ta’mirlash ishlar olib borilib, hudud tun-u kun, 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘ngilochar ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.

  

Loyiha doirasida Sobir Kamolov ko‘chasining Sayoxatchilar ko‘chasidan – G‘aressizlik ko‘chasigacha bo‘lgan 600 metr qismi hamda G‘aressizlik ko‘chasining “Ernazar Olako‘z ko‘chasidan — Sobir Kamolov ko‘chasigacha” bo‘lgan 430 metr oralig‘i yangicha ko‘rinishga keltiriladi. Shu bilan birga, avtomobil yo‘llari kengaytiriladi va eni 15 metrga yetadi. Shuningdek,avtomobil yo‘lining har ikki tarafiga beton ariqlar qurish, piyodalar uchun qulay yo‘laklar barpo etish hamda tungi yoritish moslamalari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mitasi raisi Islam Sdikov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Timur Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnzarov hamda Nukus shahri hokimi Abatbay Daniyarov ushbu hududga chiqib, amalga oshiriladigan ishlar bilan joyida tanishdilar va kelgusida bajariladigan vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

 

Mazkur ishlar yakunlangach, hudud zamonaviy, qulay va xavfsiz, shuningdek ko‘ngilochar muhitga ega ko‘chaga aylanishi kutilmoqda.

Skip to content