

Amudaryo tumani Beshtom MFY hududida “Zarbador” tajribasi asosida shakllantirilgan “Drayver – 2-bosqich” loyihalari doirasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 1,1 km masofaga asfalt qoplamasi yotqizildi. Qurilish ishlari “To‘rtko‘l Shaxboz Trans” MChJ tomonidan amalga oshirildi. Ish jarayoniga 4 ta maxsus texnika va 8 nafar ishchi jalb etilgan.