background

⛔️Diqqat e’lon

Admin 05-Aprel-2025

⛔️Diqqat e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabr kungi PQ-454-sonli qaroriga asosan, D234 (4R176) «Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining 0-14.3-km oralig‘ida rekonstruksiya ishlari olib borilishi belgilangan.

Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobil yo‘lining Nukus shahri hududidan o‘tgan 5.4-5.95- km oralig‘ida (Ernazar olako‘z ko‘chasidan, Abboz Dabilov ko‘chasigacha) 3.1 «Kirish taqiqlangan» yo‘l belgisi o‘rnatilib, harakat qurilish ishlari yakunlanguncha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. Shu bilan birga, avtotransport haydovchilaridan yo‘l harakati qoidalariga va tegishli yo‘l belgilariga rioya qilishlarini so‘raymiz.

 

Skip to content