Butun xalqimizni kirib kelayotgan yangi 2026-yil munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi va o‘z nomimdan samimiy tabriklayman.
Kirib kelayotgan 2026-yil yurtimizda tinchlik, totuvlik, osoyishtalik, hamjihatlik hukmron bo‘lishini, qolaversa har bir xonadonga rizq-nasiba, yutuqlarga to‘la yil bo‘lishini tilaymiz.
Bu yil butun yurtimiz uchun omadli va barakali yil bo‘lsin.
Hurmat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov