
Amudaryo tumani hududida transport infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida yana bir muhim loyiha amalga oshirildi.

Xususan, umumfoydalanishdagi D238 (4R181) “A380” avtomobil yo‘li (717 km.dan) – Qipchoq pristani – Mang‘it q. – Toshhovuz q. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 15.3-kilometridagi hamda 95V095 «D217 avtomobil yo‘lining 65-kilometridan Qizilchali OFYga» olib boruvchi 3,1 km yo‘l qismida joylashgan ko‘priklar qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur ko‘priklarning foydalanishga topshirilishi Amudaryo tumani yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilib, aholi va haydovchilar uchun harakatlanish qulayligi hamda xavfsizligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.