

Joriy yilning 19-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev ommaviy axborot vositalari vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar hamda ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
☄️Uchrashuvda yil davomida faol mehnat qilgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik faollari rag‘batlantirildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Dilshodbek Jumamuratov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.