
Bo‘zatov tumani Bo‘zatov PFY hududidagi Nur, Qoraqalpog‘iston, A. Navoiy hamda A. Dabilov ko‘chalarida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.
Qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida “Orol yo‘l qurilish” MChJ tomonidan bajarildi.
Loyiha doirasida 10 ta maxsus texnika, jumladan 2 ta katok, 1 ta asfalt yotqizgich (ukladchik) hamda 10 nafar ishchi jalb etildi. Mazkur asfaltlash ishlari “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida amalga oshirildi.