

Taxiatosh tumani “Obod makon” MFY hududidagi 4-maktab oldidan Ustyurt ko‘chasining oxirigacha asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida “To‘rtko‘l Shag‘boz Trans” MChJ tomonidan bajarildi.
Loyiha doirasida 8 ta maxsus texnika, jumladan 2 ta katok, 1 ta asfalt yotqizgich (ukladchik) hamda 10 nafar ishchi jalb etildi. Mazkur qurilish ishlari “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida amalga oshirildi.