background

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining aholiga murojaati

Admin 12-Dekabr-2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining aholiga murojaati

Hurmatli yurtdoshlar!

Yo‘l sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada ochiq va tushunarli qilish bugungi kundagi ustuvor vazifalarimizdan biridir. Shu bois tizimda halollik va shaffoflikka qat’iy rioya etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi yo‘l infratuzilmasi sifatiga, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga va jamoatchilik ishonchiga zarar yetkazadi. Shu sababli bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularni oldini olish va aniqlangan taqdirda qattiq choralar ko‘rish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda.

Boshqarma va hududiy bo‘limlarimizda halollik va shaffoflikni targ‘ib qiluvchi targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda, aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Agar siz yo‘l infratuzilmasiga oid korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz, buni e’tiborsiz qoldirmang. Sizning murojaatingiz sifatni oshirish, tizimni tozalash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

📞 Ishonch telefonlari:

Bosh boshqarma: +99 861 225-12-75
+99 861 225-17-52

“Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy mas’uliyatimiz.”

Skip to content