
Beruniy tumani hududidagi “Beruniy” OFYda joylashgan A. Avloniy ko‘chasining 1 kilometr 200 metr qismi yangidan asfaltlandi. Mazkur ishlar Beruniy tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi.
Loyiha “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan bo‘lib, uning doirasida mahalliy aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsad qilingan. Yangi asfalt qoplamasi transport harakati sifatini yaxshilab, aholining kundalik qatnovini ancha osonlashtiradi.