
Amudaryo tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 95V007 «Mang’it shahri aylanma avtomobil yo‘li» avtomobil yo‘lining 2—3 hamda 6—7-kilometrlari oralig‘iga zamonaviy elektron yo‘l ko‘rsatuvchi tablolar o‘rnatildi.

Mazkur elektron tablolar haydovchilarga yo‘nalishlarni aniq va tezkor ko‘rsatib berish, harakat xavfsizligini oshirish, transport oqimini tartibga solish hamda tunu-kun qulay navigatsiyani ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu yangilik natijasida yo‘l infratuzilmasining samaradorligi yanada oshib, haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratildi.