




8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Bosh boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada jami 16 ta jamoa o‘zaro bellashib, Shumanay TYFDM jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, kubok sohibiga aylandi.
🥇 1-o‘rin — Shumanay tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — To‘rtko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalarga Bosh boshqarma tomonidan kubok, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.